10:42 / 03.08.2022
18833

Korrupsionerlar O‘zbekistonga yetkazgan zarar miqdori 1 yilda 3 barobarga oshdi

2021 yilda O‘zbekistonda 3 769 ta korrupsiyaga oid jinoyat ishi sudlarga yuborilgan. Bu jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln 282 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 3 baravarga oshgan.

Bu haqda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, aksariyat korrupsiyaga oid jinoyatlar Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda bank tizimi tashkilotlariga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida Toshkent shahri, Surxondaryo, Navoiy, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng yomon ko‘rsatkichlar qayd etilgan.

Foto: Oliy Majlis Senatining axborot xizmati

Majlisda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruza muhokama qilingan.

Top