13:15 / 03.08.2022
4762

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch maktablarga kirish imtihoni kuni belgilandi 

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari kuni belgilandi.

Xalq ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, imtihon kunlari va manzili quyidagicha:

Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab – 5 avgust kuni soat 8:00 hamda 17:00 da Toshkent shahri, Botanika bog‘i va Paxtakor stadioni;

Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab – 6 avgust kuni soat 8:00 da Toshkent shahri, Botanika bog‘i va Paxtakor stadioni.

Imtihon vaqti haqida talabgorlarga 3 avgust kunidan boshlab sms-xabarnoma yuborilmoqda.

Imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi. Talabgorlar tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni «Shaxsiy kabinet» orqali olish mumkin.

Top