16:21 / 04.08.2022
4931

Chet tilidan kasbiy imtihon natijalari e’lon qilindi

2022 yil 23-24-25-26 iyul kunlari 6 ta oliy ta’lim muassasasi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e’lon qilindi.

Foto: DTM

Davlat test markazi xabariga ko‘ra, imtihon natijalari my.dtm.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, imtihonda ishtirok etgan abituriyentlar shaxsiy kabinetidan (abituriyent qayd varaqasi yuqori qismida) o‘z natijalarini bilishi mumkin.

Bunda, abituriyent har bir bo‘lim bo‘yicha to‘plagan ballari, jami ball, 120 ballga nisbatan foiz ko‘rsatkichi va oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan beriladigan ball aks etgan.

O‘z natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 2022 yil 4-6 avgust kunlari my.dtm.uz sayti orqali apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.

Apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va talabgor apellyatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida my.dtm.uz sayti orqali xabardor qilinadi.

Belgilangan muddatdan so‘ng apellyatsiya shikoyatlari qabul qilinmaydi va apellyatsiya shikoyatlari qayta ko‘rib chiqilmaydi.

Top