19:48 / 05.08.2022
15965

Putin va Erdo‘g‘an Sochida muzokara o‘tkazdi

Turkiya prezidenti ikki mamlakat munosabatlarida yangi sahifa ochilishiga ishonch bildirdi. 

Foto: Anadolu Agency

Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Sochida muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida Rossiya rahbari "Turk oqimi" gaz quvurini Yevropani Rossiya gazi bilan ta’minlashning muhim arteriyalaridan biri deb atadi va mintaqadagi mamlakatlar buning uchun Anqaraga minnatdorlik bildirishi kerakligini aytdi.

"Turk oqimi" boshqa barcha yo‘nalishlardan farqli ravishda to‘xtovsiz, hech qanday uzilishlarsiz ishlayapti", — dedi Putin.

Bundan tashqari, Putin Ukrainadan g‘alla olib chiqish masalasini hal qilgani uchun Erdo‘g‘anga minnatdorlik bildirdi. 

O‘z navbatida, Turkiya prezidenti ikki mamlakat munosabatlarida yangi sahifa ochilishiga ishonch bildirdi.

"Muzokaralarimiz ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochishiga ishonaman. Bunga energetik hamkorlik, g‘alla eksporti, turizm, mintaqaviy masalalarni kiritaman", - dedi u. 

Uchrashuv Sochidagi "Rus" sanatoriysi hududida bo‘lib o‘tdi. Ikki mamlakat rahbarlari Rossiya-Turkiya hamkorligi, Suriya va boshqa masalalarni muhokama qildi. 

Mavzuga oid
Top