11:35 / 05.08.2022
25631

Toshkent viloyatida 14 yoshli bola miltiqdan tog‘asining o‘g‘lini otib qo‘ydi

Qarovsiz qoldirilgan pnevmatik qurol bir kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi.

Illyustrativ foto

Toshkent viloyati IIBB xabariga ko‘ra, 2 avgust kuni 2008 yilda tug‘ilgan E.E. Parkent tumani Yoshlik mahallasida yashovchi tog‘asining uyiga mehmonga kelgan. 

Qayd etilishicha, u yerda 2007 yilda tug‘ilgan M.T. (tog‘asining o‘g‘li) bilan qushlarni ovlash maqsadida tog‘asiga tegishli bo‘lgan 4,5 kalibrli pnevmatik qurolni uydan olib chiqqan. 

Shundan so‘ng 14 yashar E.E. ehtiyotsizligi oqibatida pnevmatik quroldan o‘q otib 15 yoshli M.T.ning chap ko‘krak sohasiga tan jarohati yetkazgan. 

Natijada, fuqaro M.T. olgan tan jarohati bilan hodisa joyida vafot etgan, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top