11:24 / 06.08.2022
28163

Toshkentda eng ko‘p aholi istiqomat qiluvchi tuman ma’lum qilindi

Yil boshidan beri Toshkent shahri aholisi 47,1 ming kishiga ko‘paygan.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahar statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtda doimiy aholi soni 2022 yil 1 iyul holatiga ko‘ra 2 million 909 ming 500 kishini tashkil etmoqda. 

Qayd etilishicha, yil boshidan aholi soni 47,1 ming kishiga yoki 1,6 foizga ko‘paydi. Shundan, erkaklar soni - 1 426 400, ayollar soni - 1 483 100 kishi.

Shahar tumanlari kesimida 2022 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, eng ko‘p aholi Olmazor tumanida bo‘lib, 390 ming kishini tashkil etdi. 
 
Ushbu ko‘rsatkich qolgan tumanlar kesimida quyidagicha:

Yunusobod tumani – 363 ming kishi;
Shayxontohur tumani – 357 ming 400 kishi;
Mirzo Ulug‘bek tumani – 318 ming kishi;
Uchtepa tumani – 289 ming 600 kishi;
Yashnobod tumani – 283 ming 300 kishi;
Chilonzor tumani – 269 ming 500 kishi;
Yangihayot tumani – 156 ming 700 kishi;
Sergeli tumani – 154 ming 100 kishi;
Mirobod tumani – 147 ming 800 kishi;
Yakkasaroy tumani – 125 ming 500 kishi;
Bektemir tumani – 54 ming kishi.

Top