18:52 / 08.08.2022
4583

Baidu kompaniyasi Xitoyda birinchi bo‘lib haydovchisiz taksi xizmatini yo‘lga qo‘ydi 

Chunsin va Uhan shaharlarida beshtadan Baidu haydovchisiz taksilari xizmat ko‘rsatadi. 

Foto: Reuters

Xitoydagi Baidu internet-kompaniyasi haydovchisiz avtomobillar yordamida taksi xizmati ko‘rsatish uchun ruxsat oldi, deb xabar berdi Reuters

Xabarda aytilishicha, kompaniya Chunsin va Uhan shaharlari hokimiyatlaridan litsenziya olgan.

Har bir shaharda beshtadan Baidu haydovchisiz taksilari Uhanda 9:00dan 17:00gacha, Chunsinda 9:30dan 16:30gacha xizmat ko‘rsatadi.

Aprelda Baidu Pekin hokimiyatidan haydovchisiz avtomobillarda taksi xizmati ko‘rsatishga litsenziya olgandi. Ammo poytaxt hokimiyati kompaniyadan mashina salonida zarur hollarda avtomobilni boshqarishi mumkin bo‘lgan xodim ham bo‘lishini talab qilgandi.

Hozirda kompaniya Pekin, Shanhay va Shenchjen hokimiyatlari bilan butkul haydovchisiz taksilar xizmati uchun ruxsat olish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Mavzuga oid
Top