09:46 / 08.08.2022
6408

Energetika vaziri maslahatchisi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari instituti direktori etib tayinlandi

Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori tayinlandi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Aziz Alimuhamedov Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori sifatida ish boshladi.

A.Alimuhamedov bunga qadar energetika vazirining ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, institut ilmiy tashkilot sifatida davlat buyurtmalari va dasturlarini amalga oshirishda hamda fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borishda ishtirok etadi.

Institut direktori va uning o‘rinbosarlari energetika vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, institut direktori ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari innovatsion rivojlanish vaziri taqdimnomasiga muvofiq energetika vaziri buyrug‘iga asosan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Top