16:28 / 10.08.2022
15406

Iqtisodiyot universiteti xodimi 3000 dollar bilan ushlandi

Departament organlari tomonidan o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kabinet mudiri vazifasida ishlovchi S.M. fuqaro Sh.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali universitet 2-mutaxassisligiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Andijon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.A. fuqaro D.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Andijon davlat universiteti sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departament Yangiariq tuman bo‘limi tomonidan DXX Xorazm viloyat boshqarmasi bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro S.I. boshqa bir fuqaro Z.ni tanishlari orqali Urganch davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksi 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top