21:42 / 12.08.2022
8171

Bayden noyabrda Si Jinping bilan uchrashishi mumkin

Si Jinping 15-16 noyabr kunlari Balida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qatnashishi, u yerdan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida ishtirok etish uchun Bangkokka yo‘l olishi mumkin.

Foto: CNN

AQSh prezidenti Jo Bayden noyabrda XXR rahbari Si Jinping bilan uchrashuv o‘tkazishi mumkin, deb xabar berdi Wall Street Journal gazetasi o‘z manbalariga tayanib.

"Xitoylik amaldorlar noyabrda Si Jinpingning Janubi-Sharqiy Osiyoga tashrifi va prezident Bayden bilan uchrashuvini rejalashtirmoqda", - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu XXR rahbarining qariyb uch yil ichidagi birinchi safari va prezident Bayden bilan ilk uchrashuvi bo‘ladi.

Gazeta xabariga ko‘ra, Si Jinping 15-16 noyabr kunlari Balida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qatnashishi, u yerdan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida ishtirok etish uchun Bangkokka yo‘l olishi mumkin.

"Si Jinping va Bayden uchrashishi ehtimoli ko‘zda tutilgan tashrifga tayyorgarlik ko‘rish hozircha boshlang‘ich bosqichda va o‘zgarishi ham mumkin", - deb yozadi gazeta.

Mavzuga oid
Top