10:31 / 12.08.2022
7445

The Washington Post: Ukraina maxsus kuchlari Qrimdagi aviabazani portlatib yuborgan

Saki harbiy aerodromiga qilingan hujum ruslarning Ukraina janubi ustidan nazoratni saqlab qolish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Foto: Reuters

Bosib olingan Qrimdagi Rossiya aviabazasiga kuchli hujum Ukraina maxsus kuchlari tomonidan amalga oshirilgan. Bu haqda 12 avgust, juma kuni Amerikaning The Washington Post gazetasi ukrainalik amaldor tomonidan nomini oshkor qilmaslik sharti bilan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib xabar berdi. U operatsiya tafsilotlarini ma’lum qilmagan. 

Ukraina havo kuchlarining chorshanba kungi bayonotiga ko‘ra, bazada kamida to‘qqizta rus harbiy samolyoti yo‘q qilingan. Agar bu ma’lumot tasdiqlansa, Sakidagi yo‘qotishlar Rossiya HHKning bir kun ichida qayd etilgan eng katta yo‘qotishlariga aylanadi. Natijada, Moskva uchun Ukraina shaharlariga hujum qilish qiyinlashadi. 

Hujum, shuningdek, ruslar uchun uzoq muddatli istiqbolda Ukraina janubida nazoratni saqlab qolish qiyin bo‘lishi ehtimolini oshirishi mumkin. 

Agar Qrim keyingi hujumlarga qarshi himoyasiz bo‘lsa, Rossiya yarimorol bosib olingan hududining Kreml erishib bo‘lmaydigan va u yerda o‘zini xavfsiz his qilgan qismini himoya qilishga majbur bo‘ladi. Ta’minot bilan bog‘liq muammolar ham bo‘lishi mumkin, dedi Ukraina sobiq mudofaa vaziri, hozirda Ukraina Mudofaa strategiyalari mustaqil tahlil markazi rahbari Andrey Zagorodnyuk. 

Bazadagi portlashlarga aynan nima sabab bo‘lgani haqida faqat taxminlar mavjud. Ayrim harbiy ekspertlar zarbani dron amalga oshirgan deb gumon qilmoqda. Uchuvchisiz uchar qurilma baza yaqinida yashiringan tezkor xodimlar tomonidan yuborilgan bo‘lishi mumkin. 

Mutaxassislar tomonidan ilgari surilgan yana bir versiya - qarshilik harakati vakillari tomonidan portlovchi moddalarni joylashtirish. Raketa bunday zarar keltirishi mumkin edi, biroq Ukrainada kerakli masofadagi snaryadlar borligi haqida hech qanday dalil yo‘q. 

9 avgust kuni portlashlar sodir bo‘lgan Saki shahri yaqinidagi Novofedorovka harbiy aerodromi eng yaqin front chizig‘idan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan va amerikalik rasmiylarga ko‘ra, u yerda hech qanday AQSh quroli ishlatilmagan. Shunga ko‘ra, Qrimdagi obektlarga qarshi zarbalar uchun HIMARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlaridan foydalanilgani bo‘yicha bayonotlar asossiz deyilgan. Ammo qarshilik harakati jangchilari asosiy nishonlarni, masalan, tarkiblar va qo‘mondonlik punktlarini aniqlashda muhim rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin, deb yozadi The Washington Post. 

Novofedorovka qishlog‘i yaqinidagi Saki harbiy aerodromidan RF Mudofaa vazirligi aviabazasi sifatida foydalaniladi. Samolyotlar va vertolyotlar, jumladan, dengiz aviatsiyasi ham shu yerda joylashgan. Bundan tashqari, dengiz aviatsiyasi samolyotlarining uchish va qo‘nishini mashq qilish uchun sinov o‘quv majmuasi mavjud. 

Ukraina OAVning yozishicha, aerodromdan bir necha bor Ukraina hududiga zarba bergan samolyotlar foydalangan. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top