13:00 / 13.08.2022
8910

Yangi turmush qurganlar Asialuxe Travel kompaniyasi va Fransiya elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda Parijga bir haftalik sayohat yutib oldi

Joriy yilning may oyida Asialuxe Travel kompaniyasi Fransiya elchixonasi bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarda «Parijda ko‘rishguncha» tanlovini o‘tkazdi. Tanlovda deyarli 11 ming kishi ishtirok etdi. Tanlovning bosh yutug‘i muhabbat shahriga yetti kunlik sayohat edi. Fransiya elchisining shaxsan o‘zi o‘tkazgan qur’a tashlash natijalariga ko‘ra, yutuq egasi 22 yoshli Dilnoza Maxsetbayeva bo‘ldi.

Foto: Asialuxe Travel

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aureliya Bushez Parijga bo‘lgan ikkita yo‘llanmani Dilnoza va uning turmush o‘rtog‘iga shaxsan topshirish istagini bildirdi. Kecha, 12 avgust kuni elchi va Milliy turoperator vakili ishtirokida elchixona binosida yutuqni rasman topshirish marosimi o‘tkazildi.

Dilnoza Maxsetbayeva Nukus shahrida tug‘ilib o‘sgan, shu yili Toshkent farmatsevtika institutini tamomlab, iyun oyida turmushga chiqqan.

«Mening yutug‘im men va butun oilam uchun kutilmagan hodisa bo‘ldi. Biz bu haqiqat ekanligi va nihoyat Yevropaga tashrif buyurishimiz mumkinligiga oxirigacha ishona olmadik. Asialuxe Travel kompaniyasi va Fransiya elchixonasiga bunday imkoniyat uchun rahmat», – dedi Dilnoza.

Toshkent - Parij - Toshkent yo‘nalishidagi aviachiptalar, mehmonxonada yashash va tibbiy sug‘urta turoperator tomonidan mutlaqo bepul taqdim etiladi.

Safar sentabr oyining boshiga rejalashtirilgan. Yosh oilaning Parijga bo‘lgan sayohatini @asialuxe.travel sahifasi va g‘oliblarning shaxsiy sahifalarida ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

Asialuxe Travel kompaniyasi g‘olibni tabriklaydi hamda Fransiya elchixonasiga hamkorlik va shunday ajoyib tanlovni tashkillashtirishdagi yordami uchun alohida minnatdorchilik bildiradi.

Top