10:27 / 15.08.2022
5589

Xitoydan O‘zbekistonga yangi yuk temiryo‘l yo‘nalishi ochildi

Dam olish kunlarida Xitoy sharqidagi Tszyansu provinsiyasidan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yangi temiryo‘l yuk tashish yo‘nalishi ishga tushdi.

Foto: Kun.uz

Umumiy qiymati 4,4 mln dollar bo‘lgan, 1000 tonnadan ortiq mahsulot, jumladan, maishiy texnika va avtoulov ehtiyot qismlari bo‘lgan poyezdning yakuniy manzili O‘zbekiston bo‘lib, yuk 20 kun ichida yetkazilishi kerak, deb xabar bermoqda Kazinfrom.

Yuk poyezdi Lyanyungan (Tszyansu provinsiyasi, Sharqiy Xitoy) dengiz porti orqali o‘tadi. 2014 yildan buyon Lyanyungan shahrida Qozog‘iston logistika terminali ishlamoqda. 

Tszyansu provinsiyasi tashqi savdo korxonalari uyushmasi raisi Xuan Xunlyanning so‘zlariga ko‘ra, yangi yo‘nalish Lyanyungandan Markaziy Osiyoga logistika yuk tashish imkoniyatlaridan to‘liq foydalanadi. 

Qayd etilishicha, Usi shahri Yanszi daryosi iqtisodiy kamarining asosiy markazlaridan biri hisoblanadi. 2021 yil oxirida Usining savdo aylanmasi birinchi marta 100 mlrd dollardan oshdi, shundan eksport – 65 mlrd dollar, import – 40 mlrd dollar. 

Mavzuga oid
Top