19:09 / 16.08.2022
8854

Fransiyalik fermerlar qurg‘oqchilik sababli hosilning uchdan bir qismini yo‘qotdi

"Meteo-Frans" meteoxizmatining ma’lumot berishicha, 2022 yilning iyuli mamlakat tarixidagi ikkinchi eng issiq oy bo‘ldi.

Foto: Reuters

Fransiyada qurg‘oqchilik sababli meva-sabzavotlar hosili qariyb 35 foizga kamaydi, dedi Fransiya sabzavot yetishtiruvchilar milliy assotsiatsiyasi prezidenti Jak Rushasse.

"Hosilga zarar yetdi. Hozirda zararni 25-35 foiz deb baholamoqdamiz. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun suvdan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlar yaxshiroq moslashtirilishi lozim", – dedi Rushasse.

U bugungi kunda Fransiyada har ikkinchi sabzavot import qilinishini eslatib o‘tdi va fermerlarga davlatning qo‘llab-quvvatlovi zarurligini aytdi. 

"Meteo-Frans" meteoxizmatining ma’lumot berishicha, 2022 yilning iyuli mamlakat tarixidagi ikkinchi eng issiq oy bo‘ldi. Fransiyada jazirama oqibatida qurg‘oqchilik yuzaga keldi.

Top