08:03 / 16.08.2022
8794

Toshkentda YPX inspektorlari tomonidan to‘xtatilgan avtomobil salonidan qurol topildi

2022 yil 14 avgust kuni soat 22:00 larda, Uchtepa tumanida xizmat olib borayotgan YPX inspektorlari tomonidan Lutfiy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, 1986 yilda tug‘ilgan D.R. boshqaruvida bo‘lgan "Lacetti" rusumli avtomobil to‘xtatildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, avtomobil xolislar va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, old o‘ng tomon o‘rindiq ostki qismidan pnevmatik to‘pponcha, shuningdek, uning o‘qlari topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Qayd etilishicha, haydovchi D.R. hamda aniqlangan pnevmatik to‘pponcha va o‘qlari Uchtepa tumani IIO FMBga topshirilgan.

Top