13:34 / 18.08.2022
12257

«Bunyodkor» futbolchisi «Rubin»ga o‘tdi

«Rubin» «Bunyodkor»yarimhimoyachisi Umarali Rahmonaliyev transferi borasida kelishuvga erishganini e’lon qildi. 

Foto: Rubin

Namanganlik 19 yoshli futbolchi mavsumni «qaldirg‘ochlar» safida yakunlaydi va Qozon klubiga qishda qo‘shiladi. 

Shartnoma 3,5 yilga mo‘ljallangan. 

Rahmonaliyev bu mavsumda Superligada 12ta o‘yin o‘tkazib, 5ta gol urdi.

Ma’lumot uchun, «Rubin» bu mavsumda Rossiya birinchi ligasida 5-turdan so‘ng 8 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

Top