21:46 / 19.08.2022
6266

Toshkentda ShHT Xavfsizlik kengashlari kotiblari hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashdi

O‘zbekistonning ShHTdagi raisligi doirasida Shanhay hakorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining o‘n yettinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda tashkilotga a’zo va kuzatuvchi davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblari hamda ShHT Kotibiyati va Mintaqaviy antiterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi. 

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov prezident Shavkat Mirziyoyevning uchrashuv ishtirokchilariga qutlovini o‘qib eshittirdi.

So‘ngra ShHT mintaqasidagi xavfsizlikka zamonaviy tahdidlarga qarshi turishga qaratilgan amaliy hamkorlik bo‘yicha fikr almashildi.

Terrorizm va ekstremizm, giyohvandlik mrddalari va qurollarning noqonuniy savdosi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib amalga oshiriladigan jinoyatlarga qarshi birgalikda kurashga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining joriy yilning sentabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan sammitiga tayyorgarlikning alohida jihatlari ko‘rib chiqildi. 

Top