22:10 / 22.08.2022
6911

Tanzila Norboyeva AQSh Kongressi delegatsiyasini qabul qildi

Muloqotda O‘zbekiston - Amerika hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Foto: Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati

22 avgust kuni Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva AQSh Kongressidagi "O‘zbekiston bo‘yicha kokus"ning hamraisi, kongressmen Trent Kelli boshchiligidagi AQSh Kongressi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Muloqotda O‘zbekiston - Amerika hamkorligining bugungi holati va istiqbollari, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati

Uchrashuvda hamkorlikning parlamentlararo aloqalarini kengaytirish, shuningdek, demokratik islohotlarni amalga oshirish kabi sohalarda mustahkamlash masalasiga e’tibor qaratildi.

Foto: Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati

Ikki davlat parlamentlari o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishida “O‘zbekiston–AQSh” parlamentlararo guruhi hamda AQSh Kongressidagi “O‘zbekiston bo‘yicha kokus”ning sa’y-harakatlari e’tirof etildi.

Foto: Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati

Avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov AQSh Kongressi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazgani xabar qilingandi.

Top