14:00 / 23.08.2022
2215

Beeline Uzbekistan olti oy ichida 1 350 dan ziyod baza stansiyalarini ishga tushirdi

Foto: Beeline Uzbekistan

Digital-operator butun O‘zbekiston bo‘ylab aloqa sifatini yaxshilagan holda tarmoqni kengaytirishda davom etmoqda. Birgina yozda Beeline Uzbekistan 430 dan ziyod yangi baza stansiyalarini (BS) ishga tushirdi. Hammasi bo‘lib esa, yil boshidan buyon kompaniya tarmog‘i turli standartlardagi 1 350 dan ziyod BS bilan to‘ldirildi, bu esa Beeline mobil tarmog‘ining qamrovi va sig‘imini sezilarli darajada yaxshiladi. Afzallik mobil internetning yuqori tezligiga ega 4G texnologiyasiga beriladi.

Yangi uskunalar ko‘pincha abonentlar soni va ular tomonidan yaratilgan trafik tez o‘sib borayotgan joylarda o‘rnatiladi, bu esa tarmoqni kengaytirishni talab qiladi. Shuningdek, mobil aloqa va internet birinchi marta kirib kelayotgan aholi punktlarida baza stansiyalari qurilmoqda. Ammo respublikada ularning soni tobora kamayib bormoqda: Beeline O‘zbekistondagi faoliyati davomida allaqachon 14 000 dan ortiq BSni efirga chiqargan.

Operator yuqori tezlikdagi 4G tarmog‘ini kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Faqatgina joriy yilning iyun va iyul oylarida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, shuningdek, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpog‘istonda ushbu standartdagi yangi baza stansiyalari ishga tushirildi. 330 ta aholi punkti 4G texnologiyasidan foydalangan holda yuqori tezlikda ma’lumotlarni uzatish xizmati bilan ta’minlandi. Ilgari aloqa mavjud bo‘lmagan borish qiyin beshta qishloq aholisi endi Beeline aloqasi sifatini baholay olishlari mumkin bo‘ladi.

Digital-operator tarmoqni soha vazirligi bilan yaqin hamkorlikda rivojlantirmoqda.

– Vazirligimiz mamlakatimizda operator va provayderlarning faoliyat yuritishiga qulay shart-sharoitlar yaratish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Shu bilan birga ko‘rsatilayotgan xizmatlar qamrovini kengaytirishni va sifatini oshirishni ulardan so‘raymiz. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholi va tadbirkorlarning ehtiyojlarini qondirish uchun yuqori tezlikdagi, sifatli mobil internet bilan ta’minlash. Bizning qo‘shma loyihalarimiz zamirida ana shu intilish yotadi, – dedi O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov.

Hozirda operator aloqasidan mamlakat aholisining 92 foizdan ortig‘i, 4G tarmog‘idan 70 foizgacha foydalana oladi, yil boshidan buyon bu ko‘rsatkich 8 foizga oshdi.

“Biz barcha mijozlarimiz yuqori tezlikdagi mobil internet imkoniyatlaridan foydalanishlarini istaymiz. Shu sababli, 4G tarmog‘ining jadal rivojlanishi ortib borayotgan sur’atlarda davom etadi. Zamonaviy raqamli texnologiyalar hatto mamlakatning eng chekka aholi punktlarida ham mavjud bo‘ladi”, — deya sharhlaydi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andjyey Malinovski.

Beeline Uzbekistan’ning yangi baza stansiyalari o‘rnatilgan manzillarning batafsil ro‘yxati bilan www.beeline.uz saytida tanishish mumkin.

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.

VEON 8 mamlakatda 220 milliondan ortiq obunachiga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,2 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.8 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/

Reklama

Top