07:16 / 24.08.2022
2099

Toshkentda uylarga o‘rnatilgan 118 ta o‘t o‘chirish moslamasini o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi

O‘t o‘chirish moslamalari o‘g‘irlanishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Yangihayot tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 34 yoshli A.R. uylarga o‘rnatilgan o‘t o‘chirish moslamalari va shlanglarni o‘g‘irlab ketgan.

Toshkent shahar IIBB xabarida aytilishicha, hammasi bo‘lib har biri 480 000 so‘mlik 118 dona o‘t o‘chirish moslamasi o‘g‘irlangan. 

Hozirda A.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi («O‘g‘irlik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Top