08:00 / 24.08.2022
8467

Zelenskiy: O‘t ochishni to‘xtatish uchun hech qanday sharoit yo‘q

Ukraina prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Kiyevning pozitsiyasi shundan iboratki, «Minsk-3» yoki «Minsk-5» bo‘lmaydi. «Bu tuzoq, biz davlatimizning janubisiz qolamiz», dedi Zelenskiy DW savoliga javoban.

Foto: AFP

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, hozirda Rossiya boshlagan urush davomida o‘t ochishni to‘xtatish uchun sharoit yo‘q. «Qrim platformasi» yakunlari va Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida u 23 avgust, seshanba kuni DW’ning urushni qishgacha tugatish mumkinmi degan savoliga javob berar ekan, shunday dedi: «Biz o‘t ochishni to‘xtatish masalasiga o‘tishimiz va RF bilan gaplashishimiz kerakligiga ishoralar va signallarni tushundik. Hozirgi sharoitda o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga tayyor emasmiz».

Ukraina rahbari so‘zlariga ko‘ra, Kiyevning bunday signallarga javoban pozitsiyasi «Minsk-3», «Minsk-5» yoki 7 bo‘lmasligidan iborat: «Biz bu o‘yinlarni o‘ynamaymiz, hududlarimizning bir qismini yo‘qotdik. Chunki bu - tuzoq, biz davlatimizning janubisiz qolamiz». 

Volodimir Zelenskiyga ko‘ra, bir necha yil ichida, «ba’zi shartlar» qo‘yilgach, Ukraina dengizga chiqish yo‘lini yo‘qotadi, «hech narsasiz qoladi». Shundan so‘ng, uning fikricha, rus qo‘shinlari «bir yildan keyin aylanib kelib, Nikolayevga, Odessaga boradi». «Keyin ular yana, masalan, poytaxtimizga kelishni xohlab qoladi. Shuning uchun, Ukraina faqat RFni tinchlantirish uchun qo‘shinlar turgan joyda vaziyatni barqarorlashtirish haqida o‘ylamayapti», dedi u.

Ukraina prezidenti Mariupoldagi «Azovstal» zavodida taslim bo‘lgan ukrainalik harbiylar bilan bog‘liq vaziyat qanday rivojlanayotgani, ularning almashish ehtimoli qanday degan savolga ham javob berdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, hozirgacha 144 kishi qaytarilgan, ammo bu faqat «rasmiy qism». «Norasmiy ravishda qaytib kelganlar ham bo‘ldi», deya qo‘shimcha qildi prezident. Zelenskiy Ukraina tomonidan kim va qanday qilib harbiy asirlarni almashish bilan shug‘ullanayotgani, «natija bo‘lganda» batafsil ma’lumot berishga va’da qildi.

Ukraina rahbarining yana bir bor eslatib o‘tishicha, harbiy asirlarga nisbatan «sinov yoki dahshatli qadamlar»ga har qanday urinish «har qanday diplomatiyani unutib qo‘yishga» olib keladi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top