07:40 / 26.08.2022
13410

O‘zbekiston Tojikiston elektr energiyasining har bir kilovatt-soati uchun qancha to‘layotgani ma’lum bo‘ldi

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida Tojikiston 64,5 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda elektr energiyasi eksport qildi.

Foto: Kun.uz

Afg‘oniston Tojikiston elektr energiyasining asosiy iste’molchisi bo‘lib, O‘zbekistonga ham nisbatan kichikroq hajmda yetkazib berilmoqda, deya xabar beradi Asia-Plus.

Imzolangan kelishuvlarga muvofiq, Afg‘oniston Tojikiston elektr energiyasining har kilovatt-soati uchun 4,67 sent, O‘zbekiston esa 2 sent to‘laydi. 

O‘zbekiston uchun past tarif Tojikiston O‘zbekiston tabiiy gazini arzonlashtirilgan narxda olayotgani bilan bog‘liq. 

O‘zbekiston iyul oyi o‘rtalarida yuridik shaxslar uchun gaz va elektr energiyasi tariflarini oshirishni keyinga surgan edi. 

15 iyuldan boshlab aholi uchun elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz tariflari o‘zgarishsiz qoldi, biroq yuridik shaxslar uchun narxlar oshirish rejalashtirilgan. 

Top