14:45 / 28.08.2022
22525

Foto: Pokistonda dahshatli suv toshqinlari

Yevropa va Xitoyda daryolar quriyotgan chog‘da Pokistonda suv toshqinlarida yuzlab odamlar halok bo‘lmoqda.

Ja’farobod okrugidagi (Belujiston) suv ostida qolgan qishloq aholisi vakili o‘z buyumlarini qo‘lda yasalgan sol orqali olib ketmoqda. Pokiston hukumati suv toshqinlari 33 million kishining hayotiga ta’sir ko‘rsatganini xabar qilgan — bu mamlakat aholisining 15 foizi.
Zahid Hussain / AP / Scanpix / LETA

Pokiston hukumati 26 avgust kuni to‘xtamayotgan musson yomg‘irlari natijasida yuzaga kelgan suv toshqinlari tufayli favqulodda holat rejimi joriy etdi. Avgust oyida Sind viloyatida o‘rtacha ko‘rsatkichdan 780 foiz ko‘proq yog‘ingarchilik yog‘gan, Belujistonda esa bu ko‘rsatkich — qariyb 500 foizga teng. Suv toshqinlari 937 kishi umriga zomin bo‘lgan; yuz minglab uylar vayron bo‘lgan. Hukumat baholariga ko‘ra, tabiiy ofat u yoki bu darajada 33 million kishi yoki mamlakat aholisining 15 foizining hayotiga ta’sir ko‘rsatgan. Bosh vazir Shahboz Sharif xalqaro hamjamiyatdan yordam so‘ragan va qutqaruvchilar odamlar evakuatsiya qilinishini kutayotgan ko‘plab hududlarga yetib bora olmayotganini tan olgan. Hukumatdagilar sodir bo‘layotgan voqealarni iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘lagan va bu mamlakat tarixidagi eng kuchli suv toshqinlari ekanini ma’lum qilgan.

Suv ostida qolgan uylaridan yaroqli buyumlarini izlayotgan odamlar. Ja’farobod okrugi
Fida Hussian / AFP /Scanpix / LETA
Radjanpur (Panjob viloyati) okrugidagi qishloq aholisi suv ostida qolgan hudud bo‘ylab harakatlanishda qo‘lbola soldan foydalanmoqda. Qutqaruvchilar hamon odamlar evakuatsiya kutayotgan ko‘plab hududlarga yetib bora olmayapti.
Shahid Saeed Mirza / AFP / Scanpix / LETA
Tabiiy ofat hududidan o‘z buyumlarini (jumladan moped va to‘tiqush solingan qafas) olib chiqayotgan oila.
Shahid Saeed Mirza / AFP / Scanpix / LETA
Charsadda okrugida (Xayber-Paxtunxva viloyati) suv toshqinlari ostida qolgan qishloq. Uzoqda hali suv ostida qolmagan yo‘l ko‘rinadi — aynan yuqoriroq qilib ko‘tarib qurilgan yo‘llar mamlakatda ko‘pchilikning hayotini saqlab qoldi.
Abdul Majeed / AFP / Scanpix / LETA
Arqondan mahkam ushlab olgan bola oqimni yengib o‘tmoqda. Fotosurat Charsadda okrugida (Xayber-Paxtunxva viloyati) olingan.
Arshad Arbab / EPA / Scanpix / LETA
Charsadda okrugida oqimga qarshi suzishga urinayotgan yigit
Fayaz Aziz / Reuters / Scanpix / LETA
Milliondan ortiq kishi istiqomat qiladigan Haydarobod shahri aholisi shahar ko‘chasida paydo bo‘lgan kanalni solda kechib o‘tmoqda. Iyun oyidan buyon mamlakatda suv toshqinlari oqibatida kamida 937 kishi halok bo‘lgan.
Akram Shahid / AFP / Scanpix / LETA
Suv ostida qolgan dala maydonida echki orqalab ketayotgan kishi. Sind viloyati, Navshahro-Firuz okrugi
Asif Hassan / AFP / Scanpix / LETA
Suv ostiga qolgan hudud bo‘ylab o‘tayotgan haydarobodliklar
Nadeem Khavar / EPA / Scanpix / LETA
Yoqubobodlik yigit suvga to‘lgan ko‘chada plastik bochkaga tushib suzib ketmoqda
Asif Hassan / AFP / Scanpix / LETA
Yoqubobod shahrida toshqindan qolgan loy yo‘l oralab o‘tayotgan ayol ko‘zada suv tashimoqda
Asif Hassan / AFP / Scanpix / LETA
Suv toshqinlari tufayli boshpanasini yo‘qotganlar uchun tashkil etilgan lager hududida gulxan yoqib, non pishirayotgan ayol. Sind viloyati, Navshahro-Firuz okrugi
Asif Hassan / AFP / Scanpix / LETA
Pandob viloyati aholisi yordam kutmoqda
Faisal Kareem / EPA / Scanpix / LETA
Mavzu
Iqlim o‘zgarishlari
Iqlim o‘zgarishlari natijasida Yer yuzining turli nuqtalarida ekstremal ob-havo kuzatilmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top