15:01 / 31.08.2022
4178

FlyNas aviakompaniyasiga Jidda – Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlar uchun ruxsatnoma berildi 

FlyNas aviakompaniyasiga Jidda – Toshkent – Jidda yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

Foto: O‘zaviatsiya

“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 26 avgustda FlyNas (Saudiya Arabistoni) aviakompaniyasining 2021 yil 25 iyundagi ekspluatatsion ruxsatnomasiga O‘zbekistonga muntazam reyslarni amalga oshirish uchun yangi Jidda – Toshkent – Jidda yo‘nalishi kiritildi.

FlyNas aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni Airbus 320 havo kemalarida amalga oshiradi.

Ma’lumot o‘rnida, FlyNas (ilgari Nas Air) 2007 yilda tashkil topgan. FlyNas World Travel Awards tomonidan ketma-ket besh yil va Skytrax tomonidan ketma-ket uch yil davomida Yaqin Sharqning arzon narxlardagi yetakchi aviakompaniyasi deb topilgan. Ushbu kompaniya eng yirik budjet aviakompaniyalardan biri hisoblanadi. 17 ta mahalliy va 53 ta xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam reyslarni amalga oshiradi hamda 27 ta samolyotlar parkiga ega.

Mavzuga oid
Top