12:49 / 31.08.2022
11765

“Onam menga o‘z buyragini berdi” - bir ko‘z, bir buyrak bilan yashayotgan yigit qismati

Surxondaryolik oilada voyaga yetgan Sanjar Norqulovga bundan 14 yil avval buyrak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan. Shundan beri kasallik bilan kurashib kelayotgan oila a’zolari qo‘llaridan kelgan barcha imkoniyatni ishga solishdi. Dializ muolajalari bilan yashab kelayotgan 35 yoshli yigit buyrak ko‘chirish amaliyotini boshdan kechirdi: onasi unga o‘z buyragini berdi. O‘tkazilgan operatsiyadan so‘nggi parvarish davri ham hamma narsasini sotib bo‘lgan nochor oila uchun mashaqqatga aylangan. Ona va o‘g‘il ancha muddat davomida olinadigan muolajalar uchun kerakli dori-darmonlarni olishmasa ularning salomatliklari yomonlashishi mumkin.

O‘g‘lining hayoti uchun o‘z jonini xatarga qo‘ygan ona uning sog‘ayishidan umidvorligini aytadi: “14 yildan beri kam yeb, kam ichsam ham shu bolamning hayoti uchun kurashib kelyapman. Olti farzand tarbiyaladim, lekin birgina shu o‘g‘lim 35 ga kirsayam kasallik tufayli hali oila qurolmadi.

Aka-ukalari yordam berishadi, biz pensiya olamiz. Lekin yetkazib bo‘lmayapti. To‘liq tiklanishimiz uchun har oyda Surxondaryodan Toshkentga kelib davolanib ketyapmiz. Har oyda 5 millionlik dorilar olamiz”.

“Gemodializ olayotganimda qon tomirlardagi zo‘riqish sabab bir ko‘zimdan ham ayrildim. Menga bir buyragini bergan onam ham yarimjon bo‘lib qoldi. Uning salomatligidan ham xavotir olaman. Hozir bir ko‘z, bir buyrak bilan yashayapman. Lekin hali hayotdan umidlarim ko‘p”, — deydi Sanjar.

Ona va bola eng og‘ir operatsiyani o‘tkazishgan, lekin bundan keyin omon qolishlari uchun davomli muolajalar, dori-darmonlar uchun anchagina mablag‘ zarur. Boshidan o‘tgan sinovlarga qaramay umidi so‘nmagan, hayotini yaxshilashga urinayotgan yigit va uning jonbaxshida onasi uchun yordamimizni ayamaylik.

Sanjar Norqulovga oid ma’lumotlar:

Uzcard: 8600 0609 9322 0715 onasi Samiya Tangriqulova nomida

Manzil: Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, Kuchkak mahallasi, Xarduri ko‘chasi 168-uy.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top