13:00 / 10.09.2022
7820

Mobiuz Samarqandda 5G’ni sinov tariqasida ishga tushirdi

Foto: Mobiuz

Mobiuz ShHTning Samarqand sammiti ishtirokchilarini aloqa va yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash bo‘yicha katta tayyorgarlik ishlarini olib bordi.

Sanoqli kunlarda “Sharq durdonasi” deb atalgan Samarqand O‘zbekistonning ShHTga raisligining muhim tadbiri o‘tkaziladigan joyga aylanadi. Samarqand sammitida yigirmadan ortiq davlat va ShHT bilan hamkorlik qiluvchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi. Mobiuz tomonidan Samarqandda 5G sinov tariqasida ishga tushirilishi ushbu tadbirga munosib tayyorgarlik ko‘rish doirasida amalga oshirildi.

Beshinchi avlod aloqa uskunalari “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazi hududida, Samarqand shahrining markaziy qismlarida, temiryo‘l vokzalida, shuningdek, Mobiuz Xizmat ko‘rsatish markazi hududida o‘rnatilgan. Gap dunyodagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning 16 ta 5G tayanch stansiyalari va tegishli uskunalari haqida bormoqda.

Shu bilan birga, Toshkentni Samarqand bilan bog‘lovchi temiryo‘l va avtomagistralni, shuningdek, Samarqand shahri hududini yuqori tezlikdagi 4G LTE interneti bilan ta’minlashga katta e’tibor qaratildi. Mobiuz kompaniyasining Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridagi texnik bo‘limlari jamoalari tomonidan yangi tayanch stansiyalari o‘rnatildi va mavjudlari yangilandi.

Xususan, «Afrosiyob» poyezdlari qatnovi yo‘nalishi va Toshkent-Samarqand avtomobil yo‘li bo‘ylab 4 ta yangi stansiya o‘rnatildi, 400 dan ortiq tayanch stansiyalari modernizatsiya qilindi va optimallashtirildi. “Silk Road Samarkand”  hududida 4 tasi o‘rnatildi, 30 dan ortiq to‘rtinchi avlod tayanch stansiyalari ishi yaxshilandi. Samarqand shahrining o‘zida 90 dan ortiq tayanch stansiyalarida zarur ishlar amalga oshirildi.

Avvalroq, joriy yilning 31 avgust kuni Mobiuz Toshkent shahrida 5G tarmog‘ini tijoriy maqsadlarda foydalanish uchun ishga tushirgan edi.

Bularning barchasi Mobiuz texnik rivojlanishi bo‘yicha maqsad va rejalarining faol amalga oshirilishi samarasidir. Bu ishlar Xitoy Xalq Respublikasidagi hamkorlar ishtirokidagi investitsiya loyihasi, shuningdek, kompaniyaning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

Mobiuz Samarqand va Toshkentga kelayotgan barcha mehmonlariga “Welcome!” - "Xush kelibsiz!" deydi va ularni mobil aloqa va internetning barcha afzalliklaridan foydalanishga taklif qiladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top