13:05 / 10.09.2022
14856

O‘zbekistonda kollej va texnikumlarga qabul yakunlanyapti

Bugun, 10 sentabr kuni kollej va texnikumlarga qabul yakunlanadi.

Foto: Kun.uz

2022 yil 11 avgust kuni professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazi my.dtm.uz saytida «Professional ta’lim muassasalariga qabul» bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

Bugun, 10 sentabr kuni professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

Shu sababli professional ta’lim muassasalarida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar bugun 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Mavzuga oid
Top