19:54 / 12.09.2022
7280

Air Astana aviakompaniyasi yo‘lovchilar huquqlarini buzgani uchun 21 mln tenge jarimaga tortildi

Iyuldan buyon Air Astana aviakompaniyasiga 21 mln 441 ming tenge miqdorida yetti marta jarima solingan.

Foto: AP

Qozog‘iston fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi iyul oyidan buyon Air Astana aviakompaniyasiga yo‘lovchilar huquqlarini buzgani uchun 21 mln tengedan ko‘proq jarimaga tortdi, deb xabar berdi Tengritravel.kz.

"Aniqlanishicha, 2022 yilning 16 iyul kuni Air Astana aviakompaniyasining Almati - Nur-Sulton yo‘nalishi bo‘yicha uchishi kerak bo‘lgan KS-853 reysi parvozi zaxira parvoz ekipajini kutishi sababli 27 soat 21 daqiqaga kechiktirilgan. Reys kechikishi vaqtida yo‘lovchilarga amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan xizmatlar ko‘rsatilmagan. 

Natijada 6 sentabr kuni Air Astana aviakompaniyasiga yo‘lovchilar huquqlarini buzgani uchun 3 million 63 ming tenge (6470 dollar) miqdorida navbatdagi jarima solindi", - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, iyuldan buyon Air Astana aviakompaniyasiga 21 mln 441 ming tenge miqdorida (45 ming 291 dollar) yetti marta jarima solingan.

Qo‘mita yo‘lovchilar huquqlari bo‘yicha talablar bajarilishini nazorat qilishda davom etishi va qonunbuzarlik holatlari aniqlanganida tegishli choralar ko‘rishini ta’kidlagan.

Mavzuga oid
Top