13:00 / 19.09.2022
6444

O‘zbekistondagi ilk «business-friendly» marketpleys: Vibo brendi bozorga o‘ziga xos model bilan kirib keldi

Bu marketpleys sotuvlar uchun mijozlardan komissiya olmaydi, barcha kundalik vazifalarni o‘zi bajaradi va hamkor-mijozlarni barcha bosqichlarda qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Vibo

Siz hech narsa qilmasligingiz uchun biz hamma ishni o‘zimiz qilamiz

Jamshid Gaziyev loyihasi oflayn bizneslarga qaratilgan bo‘lib, ularga o‘z ishlarini raqamlashtirishda va sotuv tarmoqlarini kengaytirishda ko‘maklashadi.

Shu bilan birga, Vibo umuman IT sohasidan yiroq bo‘lgan tadbirkorlarga, yoki onlayn savdo tajribasi yo‘q, hamda buning uchun zarur bo‘lgan instrumentlar va ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan bizneslar uchun ham to‘liq mos keladi.

Hamkorlarga marketpleysga kirish nuqtasini iloji boricha yengillashtirish uchun, Vibo mijozlarni har bir qadamda qo‘llab turadi: birinchi so‘rov yuborish bosqichidan tortib, toki platformadagi ilk ijobiy natijalargacha.

Marketpleys jamoasida bir nechta administrator va kontent-menejyerlar faoliyat olib borishadi, aynan ular mijozning mahsulotlariga vizual ishlov berib, tovarlarning rasmlarini platformaga joylash kabi vazifalarni o‘z zimmalariga olishadi.

O‘z mahsulotlarini onlayn shaklda butun O‘zbekiston bo‘ylab sotishni boshlash uchun, biznes shunchaki marketpleys bilan aloqaga chiqib, so‘rov qoldirsa kifoya: qolgan hamma ishni  Vibo jamoasi bajaradi.

Komissiyasiz daromad

Vibo marketpleysining yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, unda savdo amallari uchun mijozlardan komissiya olinmaydi. Biznes platformaga hech qanday foiz to‘lamaydi. Vibo’dagi barcha imkoniyatlarni ochib beradigan yagona to‘lov turi — 2,1 million so‘mlik yillik obuna to‘lovidir.

Buning ustiga marketpleys hamkorning Vibo’dagi sahifasida uning barcha kontaktlarini ochiq joylaydi, shu tufayli xaridorlar nafaqat Vibo orqali, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri biznes bilan aloqaga chiqib ishlay olishadi.

Onlayn sotishni boshlash juda oson — o‘zingiz sinab ko‘ring,  Vibo marketpleysiga kirish uchun so‘rov qoldiring.

Hamkorlik haqida batafsil suhbatlashib, savollar berish doimo bepul.

Aloqa:

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Boshliq mavzesi, 9g. 100022

Telefonlar: +998 88 868 30 00  +998 88 866 30 00

Ro‘yxatdan o‘tish

Web sayt: https://biz.vibo.uz

Elektron pochta: info@vibo.uz

Top