19:06 / 20.09.2022
14134

Konstitutsiyaviy loyihaga 3ta yangi norma kiritilishi nazarda tutilmoqda 

Konstitutsiyaviy komissiya matbuot kotibi Odiljon Tojiyevning ma’lum qilishicha, kelib tushgan takliflar asosida Konstitutsiyaviy qonun loyihasining 26-, 41-moddalariga yangi normalar hamda yangi 37-1-moddani kiritish nazarda tutilmoqda.

Xususan, Konstitutsiyaning 26-moddasiga ushbu qism qo‘shilishi ko‘rib chiqilmoqda:

«Shaxsning o‘z aybini tan olishi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas».

Shuningdek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga yangi 37-1-moddasi kiritilmoqda, unda:

«Davlat fuqarolarni ishsizlikdan himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi. Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash uchun ularning kasbiy tayyorgarligi hamda qayta tayyorlanishini tashkil etadi va rag‘batlantiradi».

Amaldagi 41-moddaga esa quyidagicha qo‘shimcha kiritilishi mumkin:

«Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining rivojlantirilishini ta’minlaydi».

Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasini yakunlangan. Loyiha referendumga chiqarilishi kutilmoqda.

Top