08:02 / 23.09.2022
5661

Axborotni nooshkora olish uchun mo‘ljallangan maxsus texnik vositalardan foydalanish tartibi e’lon qilindi

Vazirlar Mahkamasining “Axborotni nooshkora olish uchun mo‘ljallangan maxsus texnik yoki dasturiy vositalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi axborotni nooshkora olish uchun mo‘ljallangan maxsus texnik vositalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi:

  • axborotni nooshkora olish uchun mo‘ljallangan maxsus texnik vositalar turlari;
  • jismoniy va yuridik shaxslar axborotni nooshkora olish uchun mo‘ljallangan maxsus texnik vositalardan foydalanish tartibi;
  • jismoniy va yuridik shaxslar axborotni nooshkora olish uchun mo‘ljallangan maxsus texnik vositalardan foydalanish jarayonidagi majburiyatlari;
  • axborotni nooshkora olish uchun mo‘ljallangan maxsus texnik vositalardan qonunga xilof ravishda muomalasiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda ularni olib qo‘yish, saqlash va yo‘q qilish tartibi.

Nizom “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi qonunida belgilab berilgan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, ushbu faoliyatni amalga oshirishga ko‘maklashish jarayoniga hamda tezkor-qidiruv tadbirlarida ishtirok etayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.

Axborotni nooshkora olish uchun mo‘ljallangan maxsus texnik vositalar turlari:

  • akustik ma’lumotlarni nooshkora olish uchun mo‘ljallangan maxsus texnik vositalar:
  • akustik axborotni nooshkora qabul qilish va (yoki) qayd etish uchun mo‘ljallangan niqoblangan simli aloqa tizimlari;
  • akustik ma’lumotlarni nooshkora qabul qilish va (yoki) qayd etish uchun mo‘ljallangan niqoblangan radioelektron qurilmalar;
  • akustik ma’lumotlarni nooshkora qabul qilish va (yoki) qayd etish uchun mo‘ljallangan niqoblangan elektron qurilmalar;

vizual ma’lumotlarni nooshkora olish uchun mo‘ljallangan maxsus texnik vositalar:

  • asosiy qismi yashirilib, tasvirga oluvchi qismi (nuqtasi) tuynuk orqali tashqariga chiqarilgan (pin - hole) obektivlar;

quyidagi xususiyatlardan kamida bittasiga ega kameralar:

  • uy-ro‘zg‘or buyumlari yoki boshqa buyumlar sifatida niqoblangan, asosiy qismi yashirilib, tasvirga oluvchi qismi (nuqtasi) tuynuk orqali tashqariga chiqarilgan (pin - hole) fotokameralar;
  • uy-ro‘zg‘or buyumlari yoki boshqa buyumlar sifatida niqoblangan, asosiy qismi yashirilib, tasvirga oluvchi qismi (nuqtasi) tuynuk orqali tashqariga chiqarilgan (pin - hole) televizion va videokameralar;
  • videoma’lumotlarni nooshkora qabul qilish va (yoki) qayd etish uchun mo‘ljallangan niqoblangan simli aloqa tizimlari;
  • videoma’lumotlarni nooshkora qabul qilish va (yoki) qayd etish uchun mo‘ljallangan niqoblangan radioelektron qurilmalar;
  • videoma’lumotlarni nooshkora qabul qilish va (yoki) qayd etish uchun mo‘ljallangan niqoblangan elektron qurilmalar;

telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali uzatiladigan axborotni olish uchun mo‘ljallangan maxsus texnik vositalar:

  • texnik aloqa kanallaridan va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali uzatilayotgan axborotlarni nooshkora olish va (yoki) tutib qolish imkoniyatini beruvchi simli aloqa tizimlari;
  • texnik aloqa kanallaridan va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali uzatilayotgan axborotlarni nooshkora olish va (yoki) tutib qolish imkoniyatini beruvchi radioelektron qurilmalar;
  • texnik aloqa kanallaridan va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali uzatilayotgan axborotlarni nooshkora olish va (yoki) tutib qolish imkoniyatini beruvchi elektron qurilmalar;
  • pochta, kurerlik jo‘natmalari va telegraf xabarlarini nazorat qilish va (yoki) o‘qish va (yoki) nusxalash va (yoki) ochish uchun mo‘ljallangan immersion suyuqliklar to‘plami, portativ rentgenoskopik qurilmalar hamda maxsus uskunalar;
  • buyum va hujjatlarni nooshkora tadqiq qilish uchun nooshkora skanerlash orqali ma’lumot to‘plash imkonini beruvchi, kichik hajmli, ko‘chma rentgenoskopik, rentgenotelevizion va rentgenografik uskunalar;
  • inshoot, transport vositalari va boshqa obektlarga nooshkora kirish va tekshirish uchun mo‘ljallangan maxsus vositalar:
  • inshoot, transport vositasi yoki boshqa obektlarga nooshkora kirish uchun qulflarini (yoki boshqa to‘siqlarini) ochishga mo‘ljallangan maxsus vositalar (otmichka);
  • inshoot, transport vositasi yoki boshqa obektlarni nooshkora tekshirish uchun mo‘ljallangan kichik hajmli rentgenoskopik, rentgenotelevizion va rentgenografik uskunalar;
  • transport vositalarini yoki boshqa harakatlanuvchi obektlarni nooshkora kuzatishga mo‘ljallangan maxsus vositalar:
  • avtotransport vositalari yoki boshqa obektlarining harakat yo‘nalishini (marshrutini) aniqlovchi va (yoki) qayd etuvchi niqoblangan radiouzatish va radiopelengatsiyadan iborat tizimlar;
  • avtotransport vositalari yoki boshqa obektlarni joylashgan joyini nazorat qiluvchi, ular geografik koordinatalarini GPS tipidagi sun’iy yo‘ldosh radionavigatsiya tizimlari orqali aniqlashga mo‘ljallangan niqoblangan qurilmalar hamda ushbu qurilmalarni masofadan boshqarish va ma’lumotlarni radiokanal orqali uzatish imkonini beruvchi apparatdan iborat tizimlar;

axborotni saqlovchi, qayta ishlovchi va (yoki) uzatuvchi texnik vositalaridan ma’lumotlarni nooshkora ravishda olishga (o‘zgartirish, yo‘q qilish) mo‘ljallangan maxsus texnik vositalar:

  • elektron hisoblash texnikalari, modemlar va boshqa elektron qurilmalarga joylashtirilib, ulardagi ma’lumotlarni uzatuvchi va (yoki) qayd qiluvchi maxsus signalli radiouzatgichlar;
  • kompyuter va kompyuter tizimidan chiqayotgan zararli to‘lqinlarni nazorat va tahlil qilish imkonini beruvchi texnik uskunalar;
  • disklar, elektron axborot tashuvchi qurilmalardan ma’lumotlarni tezkorlik bilan ko‘chirib olish yoki ularni shikastlash (yo‘q qilish) imkonini beruvchi maxsus uskunalar.   
Top