17:35 / 27.09.2022
8165

Toshkentga uchib kelganlar uchun yangilangan CIP-zal ishga tushirildi

Foto: Uzbekistan Airports

Toshkent shahriga uchib kelgan yo‘lovchilar uchun yangilangan CIP-zal ishga tushdi. U Toshkent xalqaro aeroporti uchib ketish terminali birinchi qavatida joylashgan.

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida zalda alohida pasport nazorati kabinalari, yuklarni tezlashtirilgan tartibda yetkazib berish, bepul Wi-Fi, 75 o‘rinli yumshoq kreslolar, turli xil ichimliklar mavjud. 

Bundan tashqari, zalda Duty Free do‘koni ochilmoqda. Yo‘lovchilar samolyotdan CIP-zalga maxsus qulay avtobuslarda olib kelinadi.

Toshkentga uchib kelgan yo‘lovchilar uchun CIP-zaldan o‘tish narxi 350 000 so‘mni tashkil qiladi.

Mavzuga oid
Top