07:08 / 29.09.2022
5296

Eron prezidenti O‘zbekiston bilan vizasiz rejim joriy qilish masalasiga to‘xtaldi

O‘zA muxbiri ShHT sammiti doirasida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan suhbatlashdi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Eron prezidenti suhbat davomida ikki davlat o‘rtasida vizasiz rejim joriy qilish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

— Turizm ko‘p sonli aholiga ega bo‘lgan mamlakatlarimiz uchun keskin rivojlantirsa bo‘ladigan aniq-ravshan imkoniyatdir. Bizni quvontiradigani shuki, ikki mamlakat turistik jozibadorlik bo‘yicha dunyoda yuqori o‘rinlarni egallaydi. Biz o‘zaro aviaqatnov sonini oshirish va vizasiz tartib o‘rnatish orqali iqtisodiy hamkorlikni yuqori nuqtaga chiqara olishimiz mumkin.

Eron va O‘zbekiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqani kengaytirishga qaratilgan ko‘plab shartnomalar imzolangan. Fikrimizcha, bu yetarli emas, mavjud imkoniyatga mos emas. Shubhasiz, har ikki mamlakatda nisbatan ustunlikni ta’minlaydigan va bir-biri iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan salohiyat bisyor, — dedi Raisiy.

Bundan oldin Ibrohim Raisiy Eron O‘zbekistonni Chobahor bitimiga hamda Shimol-janub yo‘lagiga qo‘shishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top