08:35 / 01.10.2022
6770

AQSh va Buyuk Britaniya Nabiullinaga qarshi sanksiyalar kiritdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Buyuk Britaniya Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishini e’lon qildi. Bu haqda ushbu ikki davlatning tegishli bayonotida aytilgan.

Foto: Rossiya Markaziy banki

Boshqalar qatori, Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina Vashington va Londonning yangi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan

Bundan tashqari, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak, Federatsiyalar kengashi a’zolari, shuningdek, mudofaa vaziri Sergey Shoyguning rafiqasi va qizi AQSh jazo choralariga duchor bo‘ldi.

O‘z navbatida, Kanada Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Sanksiyalar ro‘yxatiga 43 nafar rossiyalik oligarxlar, moliyaviy elita vakillari va ularning oila a’zolari, shuningdek, o‘zini «DXR», «LXR» deb e’lon qilgan hududlar, Zaporijjya va Xerson oblastlari okkupatsion «ma’muriyati»ning 35 nafar vakili qo‘shilgan.

Rasmiy Ottava Ukraina hududlarining yangi annexia qilinishini Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «rejimi xaritani xohlagancha o‘zgartirishi mumkin» degan «imperiyaviy tushunchasi»ga asoslanib, xalqaro huquqni ochiqdan ochiq buzish holati deb atadi.

Kanada Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, Kanada xalqaro huquqni buzganlar javobgarlikka tortilishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.

Bundan oldin Yevropa ittifoqi davlatlari, NATO, G7 va dunyoning boshqa ko‘plab davlatlari Rossiyaning Ukraina to‘rtta hududini annexia qilganini, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30 sentabr, juma kuni imzolagan «shartnoma»ni keskin qoralagandi.

Jahon yetakchilari Ukrainaning annexia qilingan Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjya oblastlarini Rossiya bir qismi sifatida tan olish niyatida emasliklarini bildirdilar, shuningdek, Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qilishdi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top