13:00 / 03.10.2022
5213

Ta’lim – iqtisodiyot va mustahkam davlat asosi, farovon hayot negizidir

Barcha sohalarda o‘zgarish va yangilanishlar bo‘layotgani kabi so‘nggi yillarda mamlakatda ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrda PF-6108-sonli imzolangan farmoni sohani rivojlantirish uchun qaratilgan e’tiborning huquqiy asosidir.

Xususiy ta’lim sektoriga berilgan keng imkoniyatlardan foydalangan holda, 15 yildan buyon ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan Grand Ta’lim nodavlat ta’lim muassasasi uzluksiz ta’limni ta’minlash maqsadida o‘z qoshida maktabgacha ta’lim muassasasi, bolalar bog‘chasi, umumiy o‘rta ta’lim maktabi, kadrlar malakasini oshirish hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini yo‘lga qo‘ydi. 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan 03623-sonli litsenziya asosida Yangi asr universiteti ham tashkil etilib, yuzlab yoshlarning oliy ta’lim olishlari uchun imkoniyat yaratib berdi.

Universitet quyidagi bakalavr mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi:

  • Pedagogika va psixologiya;
  • Maktabgacha ta’lim;
  • Boshlang‘ich ta’lim;
  • Dizayn (turlari bo‘yicha);
  • Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha);
  • Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha).

Yangi asr universiteti ilmli, axloq va amalda sobit, tafakkuri keng yoshlarni tarbiyalash va tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan ma’rifat va ziyo maskanidir.

Batafsil ma’lumot uchun:

Sayt: www.yangiasr.uz

Telegram: @yangiasruniversiteti

Telefon: 71-200-29-92

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, So‘galli ota ko‘chasi, 5-uy

Reklama huquqi asosida

Top