08:53 / 05.10.2022
8038

O‘zbekistonda umumta’lim maktablar reytingi e’lon qilindi

Foto: O‘zA

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi maktablar reytingini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari haqida ma’lumot berdi.

Maktablar milliy reytingida eng yuqori o‘rinlarni Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari egallagan bo‘lsa, eng oxirgi o‘rinlarni Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari band etdi.

Yuqori o‘ntalikdan Navoiy, Buxoro shaharlari, Jondor tumani, Kogon shahri, Zarafshon, Xiva shaharlari, Kogon, Uchquduq tumanlari, Urganch, G‘ozg‘on shaharlari joy oldi. 

So‘nggi o‘rinlarda esa Bo‘ka, Taxiatosh, Toshkent, Tuproqqal’a, Zafarobod tumanlari, Nurafshon shahri, hamda Uchtepa, Qibray, Qamashi, Yuqori Chirchiq tumanlari qayd etildi.

Bundan oldin o‘quvchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar eng ko‘p qaysi hududda kuzatilgani ma’lum bo‘lgandi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ma’lumotiga ko‘ra, bu borada eng yuqori ko‘rsatkich Farg‘ona viloyatida - 491 ta holat.

Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 165 ta va 142 ta jinoyat holati qayd etilgan Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati joy oldi.

O‘z navbatida, eng past ko‘rsatkich quyidagi hududlarda: Jizzax viloyati 23 ta; Sirdaryo viloyati 25 ta; Qoraqalpog‘iston Respublikasi 27 ta.

Mavzuga oid
Top