07:55 / 05.10.2022
22477

Toshkent shahrida jinoyatlar sodir etgan jinoiy guruh a’zolari qidirilmoqda

Foto: iiv.uz

O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB tomonidan Toshkent shahrida bir nechta o‘g‘rilik jinoyatlarini sodir etgan jinoiy guruh a’zolari qidirilmoqda.

IIV JQBB Qidiruv ishini tashkil etish boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular quyidagilar:

1991 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan Boborajabov Adham Emomaliyevich, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, "Guliston" MFYda doimiy ro‘yxatda turadi, Toshkent shahar, Chilonzor-12 mavzeda vaqtincha yashab kelgan;

1982 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan Nasirov Akobirjon Ikramovich, Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, "Sanchiqul" QFYda doimiy ro‘yxatda turadi, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida vaqtincha yashab kelgan;

1979 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan Boboyev Sharofiddin Madiyevich, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 18-dahada ro‘yxatda turib, yashab kelgan.

Ushbu shaxslar haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, zudlik bilan 102 yoki 71-231-34-33 telefon raqamlariga xabar berish so‘ralgan. Xabar bergan fuqaro haqidagi ma’lumot sir saqlanishi kafolatlanadi.

Top