12:57 / 10.10.2022
2869

Islandiya O‘zbekiston yirik korxonalarini xususiylashtirishda ishtirok etmoqchi

Investitsiyalar vazirligida Islandiya kompaniyasi rahbariyati bilan investitsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Foto: Dunyo

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Islandiyaning Loftleiðir kompaniyasi vitse-prezidenti Erlendyur Svavarsson boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda turli sohalardagi loyihalarga investitsiyalarni jalb qilish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar havo transporti sohasidagi, qayta tiklanadigan energiya manbalarini barpo etish hamda yuqori texnologiyalarni rivojlantirish loyihalariga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Loftleiðir rahbariyati kompaniya xorijdagi sanoat va infratuzilma obektlarini xususiylashtirish bo‘yicha katta tajribaga ega ekanini ta’kidladi hamda O‘zbekiston yirik korxonalarini xususiylashtirishda ishtirok etish niyati, ushbu sohalarda tadbirkorlarga maslahat xizmatlarini ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Mavzuga oid
Top