07:08 / 14.10.2022
6727

Toshkent tumanida bir soat ichida 2 ta yer silkinishi qayd etildi

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida ikki soat ichida ikkita yerosti silkinishi qayd etildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 14 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:39 da Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 41,54 gradus shimoliy kenglik; 69,2 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=2,5. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 31 km shimoli-g‘arbda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi: Toshkent tumanida 2 ball, 14 km.

Shuningdek, FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 14 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 05:16 da Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 41,56 gradus shimoliy kenglik; 69,21 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=2,6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 33 km shimolda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi: Toshkent tumanida 2 ball, 16 km.

Mavzuga oid
Top