13:34 / 21.10.2022
8476

Toshkentda pnevmatik qurol olib yurgan yana bir haydovchi aniqlandi

Toshkentda pnevmatik qurol olib yurgan haydovchi aniqlandi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

Foto: IIV

Qayd etilishicha, 2022 yil 19 oktabr kuni soat 00:15 larda Toshkent shahar, Yunusobod tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari D.Asadov va O.Normanovlar tomonidan Uvaysiy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan J.Z. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobil to‘xtatilgan.

IIV xabariga ko‘ra, avtomobil xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, uning salonidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan pnevmatik qurol topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Xabarda aytilishicha, fuqaro J.Z. va qurol Yunusobod tumani IIO FMBga topshirilgan.

Top