13:08 / 25.10.2022
4016

O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari asosan Qozog‘istondan olib kirilmoqda

Oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2022 yilning yanvar-sentabr oylarida oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar orasida Qozog‘iston birinchi o‘rinni egalladi – 36,2 foiz.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan mos ravishda 24 foiz hamda 14,7 foiz oziq-ovqat mahsulotlari olib kelingan Rossiya va Braziliya joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Belarus – 4,3 foiz;
  • Pokiston – 2,2 foiz;
  • Ekvador – 1,6 foiz;
  • Xitoy – 1,6 foiz;
  • Turkiya – 1,4 foiz;
  • Hindiston – 1,2 foiz;
  • Malayziya – 1 foiz;
  • boshqa davlatlar – 11,8 foiz.
Top