11:24 / 29.10.2022
4529

O‘zbekiston demografik ko‘rsatkichlari raqamlarda e’lon qilindi 

Respublikaning demografik ko‘rsatkichlari raqamlarda e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

2022 yilning 1 oktabr holatiga respublikaning demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlariga ko‘ra, mamlakatga ko‘chib kelganlar soni – 1,5 ming kishi, ko‘chib ketganlar soni – 3,2 ming kishiga teng bo‘ldi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, aholi soni – 35,8 mln kishiga teng bo‘lib, bunda ayollar soni – 17,8 mln kishi, erkaklar soni – 18 mln kishi.

O‘z navbatida, shaharda yashovchilar – 18,2 mln kishini, qishloqda yashovchilar – 17,6 mln kishini tashkil etdi.
 
Shuningdek, tug‘ilishlar soni – 681,8 ming kishi, o‘limlar soni – 130,4 ming kishi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda 1 oktyabr holatiga nikohlar soni – 197,0 mingta, nikohdan ajrashishlar soni – 36,5 mingtaga teng bo‘ldi. 

Mavzuga oid
Top