08:03 / 29.10.2022
40632

O‘zbekistonda qaysi kasalliklardan eng ko‘p o‘lim holati qayd etilayotgani ma’lum bo‘ldi 

O‘zbekistonda qayd etilgan o‘limning asosiy qismi qon aylanish tizimi kasalliklaridan ekani ma’lum qilindi.

2022 yilning 1 oktabr holatiga O‘zbekistonda qayd etilgan o‘lim holatining 56,8 foizi qon aylanish tizimi kasalliklariga to‘g‘ri kelgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 9 oyida qayd etilgan o‘lim holatlarining kasalliklar bo‘yicha sonida qon aylanish tizimi kasalliklari birinchi o‘rinda– 74 109 ta holat.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan kasalliklar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • nafas olish a’zolari kasalliklari – 12 805 ta;
  • o‘simtalardan – 10 535 ta;
  • baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan – 7 260 ta;
  • ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari – 5 264 ta;
  • yuqumli va parazit kasalliklari – 1 976 ta;
  • boshqa kasalliklardan – 18 417 ta.
Top