16:59 / 31.10.2022
53766

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan TIGGO avtomobillari sotuviga start berildi

Foto: KUN.UZ

27 oktyabr kuni ROODELL kompaniyasi O‘zbekiston avtobozorida yangi marka - TIGGO avtomobillarini ilk xaridorlarga topshirdi.

ADM Jizzakh zavodida Xitoyning CHERY avtosaloni bilan hamkorlikda TIGGO avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. Yangi avtomobillar Toshkentdagi ROODELL kompaniyasi tomonidan sotuvga chiqarildi. Taqdimot marosimida TIGGO avtomobillarining narxlari e’lon qilindi:

  • TIGGO 7 PRO 1.5 T +CVT25 Luxuru – 299 900 000 so‘m;
  • TIGGO 7 PRO 1.5 T +CVT25 Premium - 331 900 000 so‘m
  • TIGGO 8 PRO 1.6T GDI + 7DCT Luxury – 356 000 000 so‘m;
  • TIGGO 8 PRO 2.0TGDI+7DCT Premium – 466 900 000 so‘m.

Marosimda dastlabki 20 nafar xaridorlar o‘z CHERY’larini qabul qilib olishdi.

CHERY Automobile va ROODELL hamkorligi

2022 yilda ROODELL kompaniyasi CHERY bilan hamkorlikni boshladi va uning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutoriga aylandi. Shundan so‘ng ADM Jizzakh zavodida ushbu avtomobil komplektatsiyalari yetkazib berish boshlandi.

Kompaniya TIGGO 8 PRO MAX rusumli avtomobillariga esa 7 yillik yoki 200 000 km masofadagi muddatli kafolatni ta’minlaydi. Bu esa kompaniyaning o‘z mahsulotlari sifatida ishonchini anglatadi.

TIGGO bilan qayerda tanishish mumkin?

Avtoishqibozlari CHERY avtomobillari bilan:

  • Chery Tiggo 7 Pro - Samarkand Darvoza
  • Chery Tiggo 8 Pro - Samarkand Darvoza
  • Chery Tiggo 8 Pro Max - Compass Mall  savdo markazlarida tanishishlari mumkin.

Yangi TIGGO sizning yurak haroratingizni bosa oladi. U mukammallikda siz uchun munosib tanlov bo‘lishi mumkin.

Cherry dilerlik markazi har kuni soat 09:00 dan 19:00 ga qadar ishlaydi. Bepul test-drayvga yozilish uchun +998 71 276 55 55 raqamga qo‘ng‘iroq qilish yoki Telegram-bot orqali yozish taklif etiladi.

Avtomobillarga oid yanada batafsil ma’lumotlar bilan CHERY’ning rasmiy sayti orqali tanishish mumkin.

Reklama

Top