10:23 / 02.11.2022
7594

O‘zbekistonda uy-joyni ijaraga berish xizmati narxi bir oyda qanchaga oshgani aytildi

Uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari narxlari bir oyda o‘rtacha 16,1 foizga oshgan. 

Foto: Kun.uz

2022 yilning oktabr oyida uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari narxlari sentabr oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 16,1 foizga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bunda eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lsa - 51,6 foiz, eng past o‘sish 1 foiz bilan Xorazm viloyatida kuzatilgan.

Uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 20,9 foizga oshgani kuzatilgan.

Uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan, ya’ni yillik nisbatda o‘rtacha 24,2 foizga oshgan.

Top