18:11 / 06.11.2022
15962

Toshkent shahar hokimligi aholini kuchli shamol va yog‘ingarchilikdan ogohlantirdi

Foto: Kun.uz

Toshkent shahar hokimligi fuqarolarni 7–8 noyabr kunlari bo‘lishi kutilayotgan kuchli shamol va yog‘ingarchilikdan ogohlantirdi.

«Hurmatli toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlari!

«O‘zgidromet» markazi ma’lumotiga ko‘ra, 7–8 noyabr kunlari Toshkent shahrida kuchli shamol va yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.

Noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarini daraxtlar tagida qoldirmasligingizni, o‘zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qilishingizni so‘raymiz», – deyiladi xabarda.

Top