18:47 / 11.11.2022
4157

Dunyo aholisining uchdan ikki qismi koronavirusga qarshi antitanalarga ega

Yangi tadqiqotga ko‘ra, bugungi kunda dunyo aholisining uchdan ikki qismi emlash yoki kasallikni boshdan kechirish natijasida SARS-CoV-2 virusiga qarshi antitanalarga ega.

Foto: Reuters

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) olimlari 2020 yilning yanvaridan 2022 yilning apreligacha bo‘lgan vaqtda dunyo bo‘ylab 5 milliondan ortiq odam haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, shunday xulosaga kelishdi.

Odamlarning 40 foizi kam va o‘rta daromadli mamlakatlarda yashaydi, odatda ular ko‘pincha bunday tadqiqotlar e’tiboridan chetda qoladi.

Olimlar hisob-kitobiga ko‘ra, SARS-CoV-2 virusini yuqtirib olganlar ichida antitanalar shakllanganlar ulushi 2020 yil iyunidagi 7,7 foizdan 2021 yil sentabrida 59,2 foizga yetgan. Shundan buyon bu raqam katta ehtimol bilan yanada oshgan.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil noyabr holatiga ko‘ra, 630 million odamda COVID-19 kasalligi aniqlangan, shundan 6,5 millioni o‘lgan. Agar bu tadqiqotlar to‘g‘ri bo‘lsa, u holda milliardlab odamlar virus bilan aloqada bo‘lganini taxmin qilish mumkin.

Olimlarning ta’kidlashicha, odamlarda antitanalarning mavjud bo‘lishi kasallikka qarshi immunitet borligini anglatmaydi.

Mualliflarning fikricha, ushbu tadqiqot dunyo bu dahshatli virusga asta-sekinlik bilan ko‘nikayotganini kuzatish zarurligini ta’kidlaydi. Va boshqa nafas yo‘llari patogenlariga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish uchun COVID-19 tarqalishini kuzatish hali ham zarur.

Mavzuga oid
Top