14:49 / 11.11.2022
16622

Xersonning ozod etilayotgan hududlari, omon qolish uchun kurashayotgan donbasslik qariyalar. Urush suratlari

10 noyabr kuni Amnesty International ukrainlarni deportatsiya va «filtratsiya» qilgan Rossiyani harbiy jinoyatlarda aybladi. Bundan biroz avvalroq Xerson oblastining Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati tinch aholini Dneprning o‘ng sohilidan ko‘chirish amaliyoti yakunlanganini ma’lum qildi. Rossiya qo‘shinlari regiondan chekinishda davom etmoqda, Ukraina qurolli kuchlari hududdagi qishloqlarni birin-ketin ozod etmoqda.

Quyida 10 noyabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Ukraina qo‘shinlari Snegirevkaga kirdi. Mikolayiv oblasti ozod etilishi to‘liq yakunlandi

Snegirevkalik kishi velosipedda ko‘cha bo‘ylab ketmoqda. Ukraina qo‘shini ushbu posyolkani 10 noyabr kuni ozod etdi
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari askari va polk kapellani (ruhoniysi) ozod etilgan Snegirevkada
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Snegirevkada vayron bo‘lgan turar joy binosi
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Donbassda omon qolish uchun kurashayotgan qariyalar 

Donetsk oblastining front chizig‘idagi Yampil shahri aholisi quduqdan suv chiqarmoqda. Yampil 30 sentabr kuni ukrain harbiylari tomonidan ozod etilgan, posyolkada hamon elektr ham, ichimlik suvi ta’minoti ham yo‘q.
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Donbassda front chizig‘i yaqinidagi Zarechnoye qishlog‘i aholisi kartoshka yig‘moqda
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Kartoshka terayotgan zarechnoyeliklar
Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA
Xarkiv va Donetsk oblastlari chegarasida mobil aloqa tutishga urinayotgan ukrain harbiylari
Ihor Tkachov / AFP / Scanpix / LETA

Baxmutdagi harbiy hospital

Ukraina qurolli kuchlari jangchilari yarador quroldoshini Baxmutdagi hospitalga olib kelmoqda. Bir necha oydan buyon «Vagner» otryadlari shaharni egallash uchun hujum qilmoqda va shahar doimiy ravishda o‘qqa tutilmoqda.
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Baxmutda yaralangan ukrainalik harbiy
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukraina armiyasining yaralangan askariga Baxmutdagi hospitalda birinchi yordam ko‘rsatilmoqda.
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Xerson aholisi Qrimga olib ketilishi

Xerson oblastidan bo‘lgan bola aholini Qrimdagi Janko‘y shahriga olib ketayotgan avtobus oynasidan qaramoqda. Dneprning o‘ng sohilidagi (Xerson ham shu tomonda) aholi oblastning Rossiya nazorati ostidagi boshqa qismiga «evakuatsiya» qilinishi haqida oktyabr oyi o‘rtalarida e’lon qilingandi. Foto: Alexey Pavlishak / Reuters / Scanpix / LETA
Xerson oblasti aholisi avtobuslarda Janko‘yga ketishga tayyorlanmoqda. 8 noyabr kuni Xerson oblastining qo‘g‘irchoq hukumati rahbari sobiq o‘rinbosari Kirill Stremousov  (u keyingi kuni YTH oqibatida halok bo‘ldi) «yoppasiga evakuatsiya» yakunlangani haqida xabar qilgandi.
Alexey Pavlishak / Reuters / Scanpix / LETA
Xerson oblasti aholisi Janko‘yga olib ketilishi. Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyat «evakuatsiya» qilingan aholi sonini oktyabr oyi oxirida e’lon qilgandi, ularning versiyasiga ko‘ra Dneprning o‘ng sohilini 80 mingga yaqin kishi tark etgan.
Alexey Pavlishak / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top