08:44 / 16.11.2022
3379

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 36 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi raqamlarda e’lon qilindi.

2022 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 36 mlrd AQSh dollaridan oshdi. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bunda eksport – 14,1 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Eksport tarkibida mahsulotlar – 11,3 mlrd, xizmatlar  – 2,8 mlrd dollarni tashkil qildi.

O‘z navbatida, import – 21,9 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Bunda, import tarkibida mahsulotlar – 20,1 mlrd, xizmatlar – 1,8 mlrd dollarni tashkil etdi.

Tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar: 

  • Xitoy – 6,8 mlrd;
  • Rossiya – 6,5 mlrd;
  • Qozog‘iston – 3,3 mlrd;
  • Turkiya – 2,5 mlrd;
  • Koreya – 1,8 mlrd.
Top