10:41 / 16.11.2022
27560

Xorazmni 3 yil boshqargan Rimajon Xudoyberganova vafot etdi

Xorazm viloyatini 1988-1991 yillarda boshqargan Xudoyberganova Rimajon Matnazarovna 80 yoshida vafot etdi.

Rimajon Xudoyberganova

Xudoyberganova Rimajon Matnazarovna 1942 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 1960-1966 yillarda Toshkent tekstil institutida ta’lim olgan. Mutaxassisligi – tikuvchi. 1966 yilda Urganch tikuvchilik fabrikasiga ishga kirgan. 1972 yilda fabrika direktori qilib tayinlangan. 1980-yillardan boshlab partiya tizimida turli lavozimlarda ishlagan. 1988 yil sentabr oyida Xorazm viloyati partiya qo‘mitasi birinchi kotibi qilib saylangan. Bu hozirgi vaqtdagi viloyat hokimi lavozimiga teng.

1991 yildan boshlab ipakchilik va pillachilik sohasidagi turli rahbarlik lavozimlarida ishlab, 2007 yilda nafaqaga chiqqan.

Bundan qariyb 3 yil oldin Rimajon Xudoyberganova bilan hayoti va mehnat faoliyati haqida suhbatlashgan edik.

Mavzuga oid
Top